​​Oliy ta’lim muassasalari rektorlari maktab faoliyati bilan tanishdilar.

Kuni kecha Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inomjon Majidov boshchiligida Respublikadagi barcha oliy ta’lim muassasalari rektorlari, xorijiy oliy ta’lim muassasasi filiallari direktorlari, Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari boshliqlaridan iborat delegatsiya bizning maktabimiz faoliyati bilan tanishishdi.

Tashrif davomida maktab direktori Hilola Umarova delegatsiya a’zolariga bu yerda o‘quvchi iqtidorini namoyon qilish uchun yaratilgan butun bir majmua: zamonaviy jihozlangan o‘quv xonalari, ilg‘or pedtexnologiya va innovatsion metodlardan foydalangan holda darslarning olib borilishi, darsdan tashqari paytda bola iqtidorini rivojlantirish uchun yo‘lga qo‘yilgan tizim, o‘quvchilar turar joylarida keng imkoniyatlar yaratilganligini ko‘rsatib o‘tdi.

Yaqin kunlarda esa IT-maktabimiz hamda mamlakatimizdagi oliy ta’lim muassasalari o’rtasida hamkorlik yo’lga qo’yiladi.

Leave a Reply