Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan IT-maktab o‘quvchilari ilk marotaba bo‘lib o‘tgan “IT-Talk: Startups 2020” da ishtirok etishdi.

31-yanvar kuni Toshkent shahridagi “INHA” universitetida birinchi “IT-Talk: Startups 2020” bo‘lib o’tdi. Tadbirni universitet rahbari Muzaffar Jalolov va Prezident maslahatchisining birinchi o‘rinbosari – Ulug‘bek Muhammadiev kirish so’zi bilan ochdilar

Ta‘sirli motivatsion nutqdan so‘ng, maslahatchi o‘rinbosari talabalarga savol yoki o‘z taklif va mulohazalarini taqdim etishlarini so’radi. Ta’kidlash joizki, maktab o‘quvchilari universitet talabalari bilan bir qatorda IT sohasida qiziqarli savollarni berishdi.

Tadbir doirasida Al-Xorazmiy IT-maktabi o‘quvchilari Arduino robototexnika sohasidagi o‘z ishlanmalarini ham taqdim etdilar.

Leave a Reply