Piter Vesterbak bizning maktabda!

Muhammad al-Xorazmiy axborot texnologiyalariga maktabiga, barchaga mashxur Angry Birds o‘yini asoschisi, Piter Vesterbak tashrif buyurdi! Janob Vesterbak makatibimizda yaratilgan barcha sharoitlar, to‘garaklar bilan to‘liq tanishib, o‘quvchilarimiz bilan qiziqarli suhbatga ega bo‘ldi. O‘quvchilarimiz esa o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar va xalqaro mutaxassisdan kerakli motivatsiyaga ega bo’ldilar!


Angry Birds tarixi 2009-yilda boshlangan va 2016-yilgacha davom etdi. Shuningdek, 2016-yilda ushbu o‘yin voqealariga asoslangan multiplikatsion film namoyish qilingan, 2019-yilda millionlab muxlislar mehrini qozongan Angry Birds’ning navbatdagi filmi prokatga chiqdi. Piter Vesterbek ushbu jarayonlarda bevosita ishtirok etgan.

_____________________________________________________________________________

Muhammad al-Xorazmiy axborot texnologiyalari maktabi matbuot xizmati

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Telegram | Instagram | Youtube | Facebook

Leave a Reply