ENG YAXSHI DAVLAT MOBIL ILOVASI TANLOVI

January 15USD100.000
Loading Events
  • This event has passed.

O‘zbekistonda ilk bor o‘tkazilayotgan “mGovAward – Eng yaxshi Davlat mobil ilovasi tanlovi”

mGovAward” tanlovi – Davlat xizmatlari uchun eng yaxshi mobil ilovalarni ishlab chiqish bo‘yicha Respublika tanlovidir. Ta’kidlash joizki, u O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Birlashgan Arab Amirliklari delegatsiyasi hamda IT – Park ko‘magida tashkil etilmoqda. Ushbu tanlovni o‘tkazishdan asosiy maqsad – Davlat xizmatlarini samarali, shaffof va uzluksiz ravishda qulay mobil ilova yordamida ko‘rsatish orqali fuqarolarining hayotini yaxshilashga qaratilgan.

Tanlovda qatnashish shartlari:

1) Tanlovda nafaqat O‘zbekiston Respublikadagi Davlat, balki xususiy universitetlarining talabalari ham qatnashishlari mumkin.

2) Talabalar yakka tartibda qatnasha olishmaydi.

3) Talabalar birdaniga bir necha ilovalar bilan qatnashish imkoniyatiga egadirlar.

4) Mobil ilovalar universitet talabalari tomonidan mustaqil ravishda ishlab chiqilishi shart.

5) Barcha yuborilgan hujjatlar mobil ilovaning asosiy xususiyatlari va afzalliklari namoyish etilgan video lavhani o‘z ichiga olishi kerak.

6) Universitetlar ular nomidan qatnashgan har bir jamoaga ro‘yxatdan o‘tish xatini berishlari lozim. Xat (ma’lumotnoma) barcha zarur ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan, universitet rahbari yoki mutasaddi xodimi tomonidan imzolangan, universitet muhri bilan tasdiqlangan holda taqdim etilishi zarur.

7) Universitet O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan va tan olingan bo‘lishi kerak.

8) Har bir talabalar jamoasi kamida 3 nafar a’zolardan tarkib topgan bo‘lib, ulardan bir nafari g‘oliblikka tavsiya etiladi.

9) Jamoada o‘qituvchilar qatnashishi man etiladi.

10) Universitet nomidan qatnashadigan jamoalar soni cheklanmagan.

11) Har bir jamoa bir va undan ortiq ilova bilan qatnashishi mumkin.

12) Jamoalar fakultet yoki soha mutaxassislaridan o‘zlariga ustoz tanlash imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

13) Ro‘yxatdan o‘tish jarayonida barcha jamoa a’zolari “mGov Award 2019” tanlovining katta finalida foydalanadigan barcha vosita-dasturlarning litsenziya va foydalanish shartlariga rioya qilishlarini imzo bilan tasdiqlab berishadi.

Tanlovda ishtirok etib, g‘alaba qozongan talabalar uchun bir qator qimmatbaho sovg‘alar berilishi ko‘zda tutilgan.

Tanlovda ishtirok etish uchun ushbu ilova orqali ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin.

http://bit.ly/mgovaward_tg

Details

Date:
January 15
Cost:
USD100.000
Event Category:
Website:
https://mgovaward.uz/uz/asosiy/

Venue

WA

Organizer

O‘zbekiston Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklari

Upcoming Events