Maktab haqida

Maktabni tashkil etishdan asosiy maqsad — ulug‘ ajdodimiz Muhammad al-Xorazmiyning buyuk va bebaho merosini qadrlash, o‘rganish va tadqiq etish, uni yosh avlod ongiga chuqur singdirish, o‘quvchilarga aniq fanlarning yuksak cho‘qqilarini zabt etish, boshlang‘ich sinflardan boshlab o‘quvchilarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi iqtidorini aniqlash va ularni qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar bazasini yaratishdan iboratdir.

Maktab tarixi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 sentabrdagi PQ-3274-sonli “Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktabni tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti qoshidagi Aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi negizida tashkil etildi.

Ixtisoslashtirilgan maktabning asosiy vazifalari etib — axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng jalb qilgan holda matematika, fizika, informatika va chet tili fanlarini chuqur o‘zlashtirilishiga erishish, o‘quvchilarni dasturlash asoslari, ma’lumotlar bazasini shakllantirish, axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ko‘nikmalarga ega qilish, axborot va media hamda intellektual madaniyatni maktab davridan boshlab shakllantirishdan iboratdir.

Shuningdek, mazkur sohada yuqori mahoratga ega pedagoglarni hamda mutaxassislarni jalb qilgan holda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi maxsus maktabini yaratish, yosh matematiklar, yosh fiziklar, yosh dasturchilar, yosh ixtirochilar jamoalarini tuzish, ularning respublika va xalqaro fan olimpiadalarida muntazam va samarali ishtirokini ta’minlashni tashkil etish ham maktabning asosiy vazifalaridandir.

Maktab oldiga qo‘yilayotgan talablardan biri — ana shu maqsadlarga erishish uchun yuqori malakali, sohasining bilimdoni bo‘lgan o‘qituvchi-pedagoglar bazasini shakllantirish bilan birgalikda, maktabda chet tilini o‘qitishga ham katta e’tibor qaratilganidir.

Darsdan tashqari mashg'ulotlar

Maktabimizda ​o’quvchilar uchun maktab darslarida tashqari ko’plab mashg’ulotlarga qatnashishlari mumkin. Jumladan, futbol va tennis mashg’ulotlaridan erkin foydalanishlari va bo’sh vaqtlarini unumli foydalanishlari mumkin

ijtimoiy hayot

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktabida o’quvchilar uchun nafaqat yaxshi ta’lim olish uchun shart-sharoitlar yaratilgan, ularga, do’stlar bilan turli xil seminarlarda qatnashish yoki texnologiya olaminig mashxur brendlari joylashgan bog’da sayr qilishlari mumkin.

Maktab Qulayliklari

Transport

Maktabga olib boruvchi avtobus yoʻnalishlari

 18 23 30 44 95 110 119 129 152

Avtomobillar uchun turargoh

Maktab hududida 24 soat nazorat ostida bo’lgan xavfsiz va qulay avtomobillar turargohi mavjud

Maktab oshxonasi

Maktab ichkarisida bolalar va maktab xodimlari uchun mo’ljallangan oshxona mavjud

Maktab shifoxonasi

Maktabda favqulodda holatlar va doimiy foydalanish uchun moʻljallangan keng turdagi kichik shifoxonasi mavjud

Maktab O‘quv Binosi

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI AXBOROT KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALAR YO’NALISHIGA OID FANLARNI CHUQURLASHTIRIB O’QITISHGA IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SHAVKAT MIROMONOVICH MIRZIYOYEVNING TASHABBUSI BILAN BARPO ETILDI

Ucell

yillar davomida o‘z brendiga va doimiy mijozlariga ega kompaniya xisoblanadi.Maktabimizdagi Ucell xonasi:kompaniyaning maxsus dizayni va brendidan kelib chiqqan xolda jihozlangan. 18 nafar o‘quvchiga  mo‘ljallangan laboratoriya xonasida o‘quvchilar kompaniyaning tarixi, axoliga xizmat ko‘rsatish turlarini, zamonaviy axborot texnologiyalariniga oid barcha turdagi darslarni malakali o‘qituvchilar yordamida o‘rganishlari mumkin.

Artel

o‘quvchilar

-Elektronika asoslarini va sodda va murakkab sxemalar yasashni
-3D printerdan 3D modellarni chiqarishni
-Arduino dasturlashni va tranzistor va mikrochiplar bilan ishlashni
-Qo’shimcha modul va sensorlar bilan ishlashni (RGB, WiFi, PIR, LCD display, RFID) va ular yordamida mustaqil ravishda turli xildagi arduino proyektlar yasashni o‘rganadilar.

ZTE

Xitoydagi telekommunikatsiya uskunlari va uyali aloqa vositalarini ishlab chiqaruvchi yirik kompaniyalardan biri xisoblanadi.Maktabimizdagi ZTE laboratoriya xonasiga kompaniyaning brendi asosida dizayn berilgan.Ushbu xona 24 nafar o‘quvchi uchun mo‘ljallangan bo‘lib kompaniya tomonidan darslarni mukammal o‘rganish uchun o‘quvchilarga  kompaniyaning planshetlari ajratilgan.

IT Park

faol iqtidor egalarini huquqiy, buxgalteriya, marketing va ilmiy-pedagogik masalalarda qoʻllab-quvvatlash orqali oʻz biznes loyihalarini chinakam biznesga aylantirish uchun barcha imkoniyat beradigan maskan hisoblanadi. Maktabimizdagi 24 nafar o‘quvchi uchun mo‘ljallangan IT-Park laboratoriya xonasida o‘quvchilarimiz yuqorida ko‘rsatilgan barcha yo‘nalishlar bo‘yicha o‘z bilim va ko‘nikmalarini oshirib borish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.Ushbu laboratoriya xonasida Start Up loyihalari uchun keng sharoitlar yaratilgan.

Huawei

Huawei – bu yetakchi axborot va kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) infratuzilmalari va smart qurilmalarini global miqyosda yetkazib beruvchi kompaniyadir. Maktabimizning Huawei 20 nafar o‘quvchilar mo‘ljallangan laboratoriya xonasida kompaniyaning kelib chiqishi, dunyo bozoridagi o‘rnini, dasturlashni ,undan tashqari muntazam ravishda axborot texnologiyalariga oid barcha darslarni, o‘rganishlari mumkin.

Robotexnika xonasi

Ushbu xonada o‘quvchilar

– C dasturlash tilini

– Elektronika asoslarini

– Sodda va murakkab sxemalar yasashni

– 3D dizayn va 3D modellashtirishni

– 3D printerdan 3D modellarni chiqarishni

– Arduino dasturlashni turlarini o‘rganishlari mumkin

Sifatli ta’lim – kelajak poydevori

Umarova Hilola UktamovnaMaktab rahbari