Qabul tartibi

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlanish vazirligi tasarrufidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot texnologiyalari va kommunikatsiya yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktabga o‘quvchilarni qabul qilish yuzasidan 2019-2020 o‘quv yili uchun tanlov e’lon qiladi.

Maktabga o‘quvchilar tanlov asosida 5-sinfga qabul qilinadi.

Ta’lim o‘zbek tilida olib boriladi.

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirganlar onlayn tarzda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot texnologiyalari va kommunikatsiya yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktabning rasmiy web-saytida (www.akss.uz) ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. Shuningdek, talabgorlarning hujjatlari Toshkent shaharida joylashgan maktab binosida qabul qilinadi (manzil: Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani Tepa Masjid ko‘chasi 4-uy).

Hujjatlar joriy yil 23-avgustgacha qabul qilinadi.

Tanlov joriy yilning 24-25-avgust kuni Toshkent shahridagi INHA universitetida matematika va ingliz tili fanlaridan yozma va test sinovlari shaklida o‘tkaziladi.

Qabul uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi:

– tug‘ilganlik haqida guvohnoma;

– maktabda o‘qishi haqida ma’lumotnoma;

– fotosurat (3,5×4,5 sm). (6 dona)

-direktor tamonidan tasdiqlangan tabel nusxasi (4-sinf)

Onlayn tarzda topshiriladigan barcha hujjatlarning skaner qilingan variantlari 300 dpi, rangli tasvir va fayl hajmi 2 Mb dan katta bo‘lmasligi lozim.

Qo‘shimcha ma’lumotlarni Muhammad al-Xorazmiy  nomidagi axborot texnologiyalari va kommunikatsiya yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga  ixtisoslashtirilgan maktabning rasmiy web-saytida (www.akss.uz) hamda quyidagi telefon raqamlari orqali olish mumkin: (71)262-15-29, (71)262-15-38

Izoh:Tabelda faqat 4 va 5 baholar bo‘lishi shart